Xitoyda yirik parrakli uchar avtomobil ishlab chiqildi

    Koʻpgina kompaniyalar kelajak bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlish uchun uchar avtomashinalarni ishlab chiqarishga intilmoqda. Xitoyning Xpeng kompaniyasi bunday imkoniyatni boy bermaslikka qaror qildi.

    Tesla bilan raqobatlashadigan brend nafaqat “havo avtomobili”ning original versiyasini ishlab chiqdi, balki uni allaqachon sinovdan oʻtkazdi. X3 prototipining birinchi parvozi videosi internetga joylashtirildi.

    Videolavhada yirik va ajabtovur tarzda ishlangan konstruksiya bir nechta parraklar yordamida sekin yuqoriga koʻtarilgani namoyish etilgan. Uchar avtomobil taxminan 9 metr balandlikda barqarorlashadi va oldinga siljishni boshlaydi. Qurilma yirik parraklardan foydalanish gʻoyasining hayotiyligiga ishontira oladi. Mashinaning ogʻirligi 1950 kilogramm.

    Ushbu ogʻirlikning katta qismini korpusda joy egallagan batareyalar va aksessuarlar tashkil etadi. Uchar avtomobilning dizayni koʻplab savollar tugʻdiradi, ammo uning parvozga yaroqli ekanligi masalasida bahslashish qiyin.

    Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, rotorlar buklanadi, bu X3 dan yoʻllarda oddiy avtomobil kabi foydalanish imkonini beradi.

    Xpengning uchar avtomobilning tijoriy versiyasini yaratish niyatining jiddiyligi bu ularning natijaga erishish uchun birinchi urinishi emasligi bilan izohlanadi. Ilgari kompaniya uchar avtomobilning oʻlchami kichikroq boʻlgani uchun manyoviri yuqori versiyasini namoyish qilgan edi.