Saytning xabar berishicha, barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Ulardan birining ahvoli ogʻir.

Tabiiy ofat 1-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 dan 18:00 ga qadar davom etgan.

Bugun tarqatilgan maʼlumotlarga qaraganda, quyundan 148 ta uylar, fabrikalar, qishloq xoʻjaligi yerlari zarar koʻrgan. Shanchji shahrining 243 nafar aholisi vaqtinchalik boshqa joyga koʻchirilgan.

Hukumat tabiiy ofatdan koʻrilgan zararni 5,12 million yuan (802 ming AQSH dollaridan ziyod), deb baholamoqda.