Bu haqda CCTV telekanali xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, kamida 5 kishi halok bo'lgan, 19 kishi jarohatlangan, olti kishi bedarak yo'qolgan.
Qayd etilishicha, voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda, bedarak yo'qolganlarni qidirish ishlari tashkil etilgan. Qurbonlarning oilalariga yordam ko'rsatiladi.
Shandong Gaomi Youdao Chemical Co., Ltd pestitsidlar va tibbiy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kompaniyada 500 dan ortiq xodim ishlaydi, deb xabar beradi report.az.