Landjoudan (Xitoy) yuborilgan konteyner blok-poyezdi 30 dona 40 futlik konteynerlardan iborat bo'lib, u avtomobil ehtiyot qismlari, mebel, kanselyariya buyumlari, mashina va uskunalardan iborat.  

Umumiy marshrutning uzunligi 6500 kilometrdan ortiq va yukning umumiy og'irligi 700 tonnadan oshadi. Tashuv vaqti 16-18 kunni tashkil etishi kutilmoqda. 

Ushbu poyezd "New Land-Sea Corridor Operation Co., Ltd.", "JST Logistics Corporation Limited", "Zhejiang Union of Railway Logistics" va "China Railway Container Transport Co., Ltd." kompaniyalari, shuningdek, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, "Qirg'iziston temir yo'llari" MK" DK va Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi "Afghanistan Railway Authority" tomonidan tashkil etildi.

Multimodal koridor bo'ylab tashish Landjou stantsiyasidan Kashgar stantsiyasigacha (Xitoy) temir yo'l orqali amalga oshiriladi. Keyin yuk avtomobil yo'li orqali O'sh temir yo'l stantsiyasiga (Qirg'iziston) yetkaziladi. O'sh stantsiyasidan Xayraton stantsiyasiga yana temir yo'l orqali yetkazib beriladi. Bu haqida "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ xabar bermoqda.