Ushbu korxonalarning eksport natijalariga qarab roʻyxat yana-da kengaytirilib, ayni kunlarda Xitoy davlatining fitosanitar talablariga javob bergan eksportyor korxonalarning soni 30 taga yetdi.

Kelishuvga asosan, yeryongʻoq eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun bir qator talablar belgilangan:

Unga koʻra, har bir qadoqda aniq qilib, xitoy yoki ingliz tilida “This consignment is exported to the Peoples Republic of China” (“Ushbu mahsulot Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilinmoqda”) deb yozilib, mahsulot nomi, uni yetishtirgan, ishlab chiqargan, qayta ishlagan va saqlagan korxonaning nomi hamda roʻyxatga olish raqami kabi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish lozimki, yurtimiz tadbirkorlariga yana-da koʻproq qulayliklar, yengillik yaratish maqsadida mahsulotlarni avtotransportda uchinchi mamlakat hududidan tranzit orqali yetkazish boʻyicha kelishuv ham imzolangan boʻlib, shu asosda oʻzbekistonlik tadbirkorlar Xitoyga yeryongʻoqni Qozogʻistondan “Alashankou” (temir yoʻl orqali) va “Xorgos”, Qirgʻizistondan “Irkeshtam” hamda “Turgart” chegara oʻtkazish punktlari orqali avtotransportda bemalol olib oʻtishlari mumkin, deb xabar beradi “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi matbuot xizmati.

Shuningdek, xabar orqali tadbirkorlar tomonidan belgilangan talablarga rioya etilmasa, mahsulotlar chegara nazorat punktlaridan qaytarilishi va eksportga ochilgan bozorlarga kirish imkoniyati kamayishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.