Xabarda keltirilishicha, 2022-yilning 31-may kuni soat taxminan 08-30lar atrofida nomaʼlum shaxslar Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 36 yoshli T.V.ning uyiga eshik qulfini buzgan holda kirib, xonadon yotoqxonasidagi shkafga oʻrnatilgan temir seyfdan 265.000 AQSH dollari olib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli J.M., R.I., 19 yoshli N.J., B.M., 20 yoshli O.O. va 23 yoshli T.A.lar sodir etkanligi aniqlanib, ulardan jami 246.000 AQSH dollari, 9.771.000 soʻm, 100 yevro hamda mazkur pullarga sotib olingan bir dona “iPhone 13” telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda yuqoridagi shaxslarning har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qoʻllanilgan.