Shartnoma innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Sh. Turdiqulova va Xitoy Xalq Respublikasi “Mammoth Foundation” jamg'armasi rahbari Zhao Lijian tomonidan imzolandi. Shartnomaga asosan 350 000 AQSh dollari qiymatidagi mobil laboratoriya O'zbekistonga beg'araz etkazib beriladi.

“Huo-Yan Air” laboratoriyasi bir kunda 10 mingta namunani tekshirish imkoniyatiga ega bo'lib, favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan ishlarni tashkil qilish uchun sharoit yaratadi. Mazkur laboratoriyani favqulodda vaziyat yuz bergan hududga etti kun ichida o'rnatib, ishga tushirish mumkinligi alohida ahamiyatga ega. Ya'ni laboratoriya uchun er maydonini tayyorlashdan elektr tarmoqlariga ulab, ishga tushirishga bir hafta vaqt ketadi. Laboratoriya modullardan iborat bo'lib, uni talabga ko'ra o'zgartirish imkoniyati mavjud, elektr iste'moli kam, qadoqlab tashish qulay, vaqt o'tib, eskirganidan keyin bioparchalanish xususiyatiga ega. Mazkur zamonaviy qurilma nafaqat koronavirus kasalligini, balki boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlashi mumkin.

Laboratoriya yurtimizga etib kelganidan so'ng uskunalarni boshqarish va foydalanish bo'yicha treninglar hamda o'qitish jarayonlarini tashkil etiladdi. Mobil laboratoriya Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmatiga topshiriladi.

Shatrnomani imzolash marosimida Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig'i Bahodir Yusupaliev, Mammoth Foundation” jamg'armasi vakillari, Ilg'or texnologiyalar markazi mas'ullari, O'zbekistonning Xitoy Xalq respublikasidagi elchixona xodimlari ishtirok etdi.