Xitoylik mashhur blogerlar Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qiladi

    Xitoylik mashhur blogerlar delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

    Mazkur tashrif Turizm qoʻmitasi hamda “Trip.com” sayyohlik kompaniyasi bilan birgalikda tashkillashtirildi.

    Bunda Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari hududlarida ziyorat maskanlari va diqqatga sazovor joylarda hunarmandchilik va oshpazlik boʻyicha mahorat darslari oʻtkazilib tasvirga olish ishlari tashkil etildi.

    Taʼkidlash joizki, Xitoylik blogerlar Zhang Xuyeni va Lian Xianghuining TikTok, Red, Weibo, Ctrip Community platformalarida umumiy auditoriyasi 15 million nafarni tashkil etadi.

    Hozirgi kunda “Trip.com” sayyohlik kompaniyasi bilan kelishuvga koʻra joriy yil dekabr oyida Xitoy Xalq Respublikasining mashhur blogerlaridan iborat ikkinchi ijodiy guruhining Oʻzbekistonga tashrifi ishlab chiqilyapti, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.