Xitoyda oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining yana bir versiyasi ilgari surildi.
Tadqiqot mualliflarining Environment International jurnaliga bergan maʼlumotida koronavirus kanalizatsiya orqali yuqishi mumkin, degan fikr ilgari surilmoqda.
Fevral oyida Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining tadqiqotchilari uzoq vaqt boʻsh turgan kvartiraning hammomida koronavirus izlarini topdilar.
Bir hafta oldin ushbu kvartirada yashaydigan besh kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan edi. Tadqiqot natijasida olimlar ushbu uyning oʻninchi va oʻn ikkinchi qavatlarida koronavirusning aerozol zarralarini topdilar, u yerda ilgari yuqtirish holatlari tasdiqlangandi.
Shunday qilib, olimlar COVID-19 hammomdagi suvdan hosil boʻlgan kichik zarralar orqali havoda tarqalishi mumkin degan xulosaga kelishdi.