HGC-UVC sterilizatsiya uskunalari Xubey viloyati kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi tomonidan sinovdan oʻtkazildi va COVID-19 bilan kurashish uchun tasdiqlangan birinchi modulli sterilizatsiya qurilmalaridan biri hisoblanadi.

Ultrabinafsha nurlanish toʻlqin uzunligi 10 nm dan 400 nm gacha, uni himoyalanmagan koʻz bilan koʻrish mumkin emas. Bakteritsid ultrabinafsha nurlanish — UVC (100-280 nm) mikroblarga qarshi juda samarali vosita hisoblanadi.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining hisobotiga koʻra, 260 nm dan 280 nm gacha boʻlgan diapazonda qurilma 10 minut ishlatildi va shu vaqt davomida infeksiyasini faolsizlantirishda 99,99 foiz samaradorligini koʻrsatdi.

Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan anʼanaviy simob chiroq bilan solishtirganda yangi qurilmaning sterilizatsiya samaradorligi yuqori, quvvat sarfi past va xizmat muddati 10-50 ming soatni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, yangi uskuna patogen mikroorganizmlarni, jumladan, stafilakokk, Candida albicans zamburugʻi va koliform bakteriyalarini samarali tarzda oʻldirishi mumkin.

Sterilizatsiya modullari asosan, ultrabinafsha chiroqlardan iborat boʻlib, HGC (Wuhan) Technology va Uxan optoelektronika sanoati instituti tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.