U yerda gips va keramik buyumlar, sement, temir — beton buyumlar, tabiiy boʻyoqlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Bejizga Oʻzbekiston tumaniga mazkur maqom berilmagan. Boisi, tumandagi Shoʻrsuv mahallasi hududida foydali qazilma konlari mavjud boʻlib, bu zamindagi ohak, gips toshlar, temir tarkibli oxra tuproqlar tabiatning noyob boyliklaridir. Tabiiyki, tumandagi bunday tabiiy zaxiralar va investitsiya muhiti xorijlik investorlarni oʻziga ohanrabodek tortyapti.

Kuni kecha Oʻzbekiston tuman Davlat xizmatlari markazida Xitoy Xalq Respublikasining 24 yoshli investori Song Caixin xonimning “Dsarah” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Ustav fondi 1 milliard soʻmga ega boʻlgan ushbu korxona tumanda qurilish mollari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Korxona ishlab chiqarishi toʻliq quvvatda ishlay boshlashi bilan, 100 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ayni kunlarda Oʻzbekiston tumanida jami 2 231ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib boradi. Shundan 26tasi xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar hisobiga toʻgʻri keladi.

B. Oʻrinboyev, DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi.