Bino Living Building yigʻma konstruksiyasi vositasida bunyod etildi. Ular vositasida mehmonxona, shifoxona va turar-joy inshootlarini qurish mumkin.

Mazkur loyiha alohida bloklarni yigʻishga asoslanadi. Ular shunday ishlanganki, yetkazish va oʻrnatish qulay. Qurilish modullari zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan.

Kompaniya bunday modullar muqobillariga qaraganda 10 baravar yengil va 100 baravarga pishiq ekanini aytishmoqda. Mazkur texnologiya ham arzon, ham energiyatejamkor.

Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, yigʻiladigan konstruksiya nafaqat pishiq, balki zilzalaga ham chidamlidir. Shu bilan birga, zarurat boʻlganida mazkur konstruksiyani yigʻib olish, boshqa joyga olib oʻtish hamda qayta yigʻish mumkin.