Xitoyliklar kartoshkadan guruch tayyorlashni boshladi

    Xitoyning janubi-gʻarbiy qismidagi Yunnan viloyatida yangi texnologiya asosida kartoshkadan tayyorlangan guruch shaklidagi kraxmalli mahsulot dastlabki ishlab chiqarish va sotish sinovlaridan oʻtkazilmoqda.

    Yangi mahsulot yuqori hosildorlikka va keng moslashuvchanlikka ega, ammo saqlash muddati qisqa boʻlgan kartoshkani Xitoyda mashhur asosiy oziq-ovqat mahsulotiga aylantirish imkoniyatiga ega. Bu orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi.

    Xitoy Fanlar akademiyasi akademigi, fizik-kimyogar Vu Si besh yil davomida kartoshka kraxmali makromolekulalarining xususiyatlarini fizik darajada oʻzgartiradigan texnologiyani ishlab chiqdi. Bu texnologiya kraxmal zanjirining shaklini oʻzgartiradi.

    Olimlarning aytishicha, “kartoshka guruchi” yuqori harorat va yuqori bosimda ishlov berilgani sababli, uni yuvish va ivitish shart emas. Uni oddiy elektr guruch pishirgichida haqiqiy guruch kabi pishirsa boʻladi, bunda suv miqdori va pishirish vaqti guruchnikidan ancha kam boʻladi.

    Ishlov berilgandan soʻng, mahsulotni uzoq vaqt davomida xona haroratida, shamollatish yoki harorat va namlikni nazorat qilish zaruriyatisiz saqlash mumkin. Bu yangi kartoshkadan farqli oʻlaroq ancha qulay, chunki yangi kartoshka qisqa muddat saqlangani va saqlash xarajatlari yuqori boʻlgani uchun noqulaydir.

    Hozirda kompaniya 158 ming gektar maydonda kartoshka yetishtirmoqda va undan umumiy qiymati 10 milliard yuan (taxminan 1,37 milliard AQSH dollari) boʻlgan 3,5 million tonna mahsulot olmoqda.

    U yana shuni qoʻshimcha qildiki, kartoshkani mamlakatning koʻplab hududlarida ekish mumkin va qayta ishlash texnologiyasi qashshoqlikni bartaraf etish boʻyicha saʼy-harakatlarga koʻmaklashishda katta salohiyatga ega.