Safar davomida provinsiya gubernatori oʻrinbosari Sao Chjisyan, Tashqi ishlar departamenti hamda Tashqi savdoga koʻmaklashish va Tijorat departamenti vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Xitoy tomoniga mamlakatimiz hududlarida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud investitsiyaviy muhit haqida maʼlumot berildi.
Chjuchjou va Navoiy shaharlari oʻrtasida oʻrnatilgan birodarlik aloqalaridan toʻliq foydalanish, amaliy qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish xususida fikr almashildi.
Oʻzaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni jadallashtirish maqsadida 2025-yil birinchi yarmida Chjuchjou shahri meri boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston diplomatlari safar doirasida “The 3rd International summit on BDS applications” tadbirida ishtirok etdi. Unda, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va sanoat birlashmalari, shuningdek, Oʻzbekiston, Rossiya, Laos, Janubiy Koreya, Fransiya Afrika davlatlari vakillari qatnashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.