Avvalroq 11 kishi qurbon bo'lgani, 51 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Mahalliy vaqt bilan soat 06:50 da Lyuylyan shahridagi ko'mir zavodida yong'in kelib chiqdi. Halok bo'lganlarning aniq soni aniqlanmoqda. Avvalroq telekanal qutqaruvchilar 63 kishini evakuatsiya qilgani, ulardan 51 nafari shifoxonaga yetkazilgani haqida xabar bergan edi.
Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Yong'in sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.