uzbektourism.uz portali ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv chog'ida turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, o'zaro turistlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shanxay aholisini respublikamiz sayyohlik imkoniyatlari, xalqimizning boy madaniyati va urf-odatlari bilan tanishtirish maqsadida 2024-yil yanvar oyida Shanxay meriyasi bilan hamkorlikda O'zbekiston madaniyati va turizmi salohiyatiga bag'ishlangan taqdimoti tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Shanxay shahri yetakchi ommaviy axborot vositalarida hamda aholi gavjum asosiy ko'chalaridagi katta ekranlarida videoroliklar namoyishi orqali O'zbekiston turizm salohiyati targ'ib etiladi.