Xitoy turoperatorlari Oʻzbekiston boʻylab turistik marshrutlarni amalga oshiradi

    Turizm 6 Dekabr 2024 551

    “Xitoyda Oʻzbekiston turizmi yili”ning ochilishi doirasida “CYTS” korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Ni Yanpin, “CYTS Cultural Tourism Industry” kompaniyasi kotibi Li Dunchan, “China Comfort Travel Group” korporatsiyasi vitse-prezidenti Kang Kai va Xitoyning boshqa turoperatorlari bilan amaliy uchrashuvlar oʻtkazildi.

    Muzokaralar doirasida xitoylik sayyohlarga moslashtirilgan turistik marshrutlarni tayyorlash va sotish orqali Xitoy hududlaridan sayyohlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Yangi turistik yoʻnalishlarning ishga tushirilishi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va mamlakatlar oʻrtasida sayyohlar oqimini yanada oshirishda muhim qadam boʻlishi kutiladi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.