Bugun Xiva shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, sportni rivojlantirish vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilingan shaxmat boʻyicha al-Beruniy xalqaro musobaqasi start oldi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev soʻzga chiqib ushbu nufuzli musobaqaning ochilishi bilan ishtirokchilarni samimiy tabrikladi. Shaxmat turniri joriy yilning 6-dekabrigacha davom etadi.