Xiva shahridagi ikkita maktabda alternativ guruhlar tashkil etildi

    Ta'lim 25 Oktabr 2022 1349

    Maktabgacha ta’lim vazirligi va UNICEF halqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Xiva tumanining chekka xududlarida joylashgan 2 ta mahallasida alternativ guruhlar tashkil etildi.

    «Sho‘rko‘l» mahallasidagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ana shunday alternativ guruhlar xududdagi 3-6 yoshdagi jami 50 nafar bolani 2 smenada o‘qitishni o‘z zimmasiga oldi.

    Xuddi shu kabi, «Sayot» mahallasida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham xududdagi 3-6 yoshdagi 50 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olishi belgilandi.

    Mazkur alternativ guruhlarda tarbiyalanayotgan bolalar to‘liq 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining BBIT dasturiga kiritilgan.

    Ma’lumot uchun, Ushbu guruhlar UNICEF halqaro bolalar tashkiloti tomonidan Ruminiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi mablag‘lari hisobiga jami 107 turdagi 126,3 million so‘mlik (11,4 ming dollar) inventar, texnika jixozlari va didaktik materiallar bilan ta’minlangan.

    Shuningdek, Alternativ guruhlar turli yoshdagi (3-6 yosh oralig‘ida) bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’limiy va o‘yin jarayonlari qisqa vaqt (2,5-3 soat) davomida mutlaqo bepul olib boriladi, deb xabar beradi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.