баннер
11 Apr 2025
00:14

    Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorliklar bo‘yicha elektron maʼlumotlar bazasi ishlab chiqild

    Madaniyat 17 Oktabr 2022 2561

    Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorliklarining holati bo‘yicha elektron maʼlumotlar bazasi ishlab chiqildi.

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, unda Xiva tarixiy meʼmoriy obidalari va ularning texnik holatiga oid ilmiy asoslangan maʼlumotlar keltirilgan.

    Maʼlumotlar bazasi “Ichan-qalʼa” va “Dishan-qalʼa” hududida joylashgan tarixiy meʼmoriy yodgorliklarning texnik holatini o‘rganishga doir kompleks ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan. Elektron maʼlumotlar bazasidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan «Ichan-qalʼa boshqaruv rejalarini ishlab chiqish harakat rejasi» xalqaro loyihasini bajarishda va Xiva tarixiy-meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash ishlarida amalda keng foydalanilgan.

    Katalog tarzida tayyorlangan elektron maʼlumotlar bazasiga Xivadagi jami 94 ta tarixiy meʼmoriy yodgorliklarning fotosuratlari, texnik holatlari, qurilmalari va ularning tarixi bilan bog‘liq yangi maʼlumotlar keltirilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech