“Xiva tarixidan lavhalar” kitob-al`bomi nashr etildi

    Xorazm Ma'mun akademiyasi tomonidan “Xiva tarixidan lavhalar” kitob-al`bomi o'zbek va rus tillarida nashr etildi.

    Ushbu kitob-al`bomda Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, hunarmandchilik, dehqonchilik mashg'ulotlari, xivaliklar madaniyati va san'atiga doir qimmatli ma'lumotlar qo'lyozma asarlar, arxiv ma'lumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar asosida ilk bor kompleks yoritilgan.

    Kitob-al`bom mahalliy va xorijiy sayyohlar, oliy o'quv yurti talabalari, gid-yo'lboshlovchilar hamda yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.

    Mazkur kitob-al`bomning afzaligi shundaki, barcha ma'lumotlar yangi va noyob manba hamda adabiyotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, kitobda mavzuga doir ko'plab nodir suratlarning mavjudligi har qanday o'quvchini o'ziga jalb qila oladi.