Xivada IHTga aʼzo davlatlarning turizm vazirlari sessiyasi boʻlib oʻtadi

    Xivada 31-maydan 2-iyungacha boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining boʻlajak XII sessiyasiga tayyorgarlik koʻrilyapti.

    Qadimgi shaharda IHT bosh kotibi oʻrinbosari Ahmad Kavesa Sengendo va Turizm qoʻmitasi vakillari boʻlib oʻtadigan tadbirga tayyorgarlik ishlarini olib boryapti.

    Forum mehmonlari orasida IHT bosh kotibi Huseyin Ibrohim Taha, Senegal, Somali, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ozarbayjon, Bangladesh, Burkina-Faso, Gabon, Misr, Iroq, Liviya, Malayziya, Maldiv orollari, Ummon, BAA va boshqa mamlakatlardan turizmni rivojlantirish uchun masʼullar, shuningdek, bir qator IHT tuzilmalari vakillari ishtirok etishi kutiladi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda Xiva 2024-yil Islom dunyosining turizm shahri sifatida tanlangan. Joriy yil mart oyida IHT bosh kotibi oʻrinbosari Ahmad Kavesa Sengendo tomonidan Xiva shahri hokimiga sertifikat topshirilgan.