Shuni quvonch bilan ta’kidlash joiz, Mas-restling sporti tarixida ilk bor o‘zbekistonlik sportchi Osiyo ochiq chempionatida 1-o‘rinni egalladi. Bunday baxtga hamyurtimiz Abdulaziz Abdurahmonov sazovor bo‘ldi.
Shuningdek musobaqa erkaklar o‘rtasida 60, 75, 90 va 125 kilogramm vazn toifasida, ayollar o‘rtasida esa 55, 78, 85 kilogramm vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur sport tadbiri Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston bodibilding, fitnes va Mas-restling federatsiyasi, Xalqaro Mas-restling federatsiyasi, O‘zbekiston Mas-restling federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.