U hamkoriga noma yoʻllabdi: “Ey, birodari aziz, menga saqich, deb berganingiz oltin ekan, buni qaytarib olishingizni iltimos qilaman”.
U esa: “Men Sizga, Ollohning shohidligida saqich sotganman, hech qanaqa oltindan xabarim yoʻq, meni maʼzur tutasiz…”, deb javob yozibdi.
Said Niyoz Olloqulixonga uchrabdi: “Menga saqich deb sotganlari oltin boʻlib chiqdi, shuni xonlik xazinasiga qabul qilishga ijozat bersangiz, – debdi.
Xazinachi esa: "Xon janoblari, bu oltin qanday yoʻl bilan topilgani bizga qorongʻu. Keling, bir xalta oltin deb xonlik xazinasini bulgʻamaylik, – debdi.
Said Niyoz ketibdi. Uch kundan soʻng xon uni chaqirtirib: “Mening uyqumda ayon boʻldiki, bu oltinlar sen uchun halol ekan, agar xohlasang, masjid qurishing mumkin, yana oʻzing bilasan”, – debdi.
Shunday qilib ana shu masjid barpo etilgan ekan.