Islohotlarning yangi bosqichida turizm sohasiga berilayotgan eʼtibor, avvalo horijlik va mahalliy sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlarda yaqqol koʻrinadi. Sayyohlar oqimining keskin oshganligi yangidan-yangi mehmonxonlar qurish va jahon andozalariga mos xizmatlarni yoʻlga qoʻyishni taqozo etmoqda.

Oxirgi toʻrt yilda qadim shahardagi mehmonxonalar soni ikki baravar koʻpayib, oʻttizdan oshib ketdi. Ayni paytda Xiva shahrida “Laxisham”, “Shahrisabz sayohat”, “Xiva Shahrizoda”, ”Sulton palas otel” MCHJlar, shuningdek “Akva park okean” oilaviy korxonasi, “Peari Xiva” unitar korxonasi hamda “Maqsudbek” XTCHFlarga qarashli mehmonxonalarda qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanish jarayonida. Xullas, amaldagi yil oxirigacha Xivada yangidan 20ta mehmonxona ish boshlaydi. Bu 214ta ish oʻrni yaratiladi.