Fuqarolar J.A. va A.J. oʻzaro til biriktirib, XIX asr oxiriga oid madaniy boylikka taalluqli hisoblangan “PETRU BOGDANOVU 1899” yozuvli vazni 61,69 gramm boʻlgan qadimiy oltin tangani fuqaro A.Ye.ga 100 000 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir doirasida tangani sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.