Tarixchilarning yozishicha, bunday kiyimni Buxorodagi chorva bozori soliqchisining xotini kiygan.

Libos yettita elementni oʻz ichiga oladi. Ichki koʻylak oq mahalliy paxta matosidan tikilgan, tambur naqshi bilan bezatilgan. Bichimi anʼanaviy boʻlib, koʻkrak qismiga kashta qavilgan. Yoqasi oʻyma, uzun keng yenglari shaffof mato bilan qoplangan.

Ustki koʻylak — kurtai-zardoʻzi nozik pushti ipakdan tikilgan, yaltiroq ingichka chiziqlar bilan bezatilgan. Libosning asosiy bezagi ajoyib zar ipli kashtalardir.