Gomes 1895-yil 4-avgustda tavallud topgan bo'lib, XIX asrda tug'ilgan dunyodagi so'nggi odam edi.

Braziliyalikning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi yo'qolgan. Biroq 1917-yilda Pedra-Bonita munitsipalitetining yagona ro'yxatga olish idorasi arxivida Gomesning nikoh guvohnomasining ikkinchi nusxasi topilgan. Hujjatda yozilishicha, erkak 22 yoshida uylangan. Braziliyalik fuqaroning 7 nafar farzandi, 25 nafar nevarasi, 42 nafar evarasi va 11 nafar chevarasi bor.

Avlodlarining so'zlariga ko'ra, Gomes bolaligidan chorvachilik bilan shug'ullangan va faqat to'rt yil oldin ot minishni to'xtatgan. Erkak muntazam ravishda ochiq havoda vaqt o'tkazdi va sog'lom ovqatlanish tarziga rioya qildi, jumladan, uy sharoitida yetishtirilgan meva va sabzavotlarni iste'mol qildi. Bundan tashqari, u doimo o'zining moslashuvchanligi va faolligini saqlab qoldi.

Erkak umrining so'nggi oyidagina to'shakka mixlanib qoldi. Uning o'limiga ko'plab organlarning ishdan chiqishi sabab bo'ldi.

Gomes Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladimi yoki yo'qmi hozircha noma'lum.

Shu kungacha fransuz ayoli Janna Luiza Kalman eng uzoq umr ko'rgan odam sifatida e'tirof etib kelinardi. U 1997-yilda 122 yoshida vafot etgan, deb xabar beradi mir24.tv.