XIX asrda “Ubaydiy” uslubida yaratilgan qadimiy eshiklarni chet elga olib ketayotgan shaxslar qoʻlga olindi

    Voqea-hodisalar 24 Sentabr 2021 760

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro N.I. boshqaruvidagi “FORD TRANZIT” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

    Natijada, avtomashinada jami 3 dona ikki taraflama ochiladigan, oʻyma naqshlar tushirilgan yogʻoch eshiklar borligi aniqlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan ekspertiza xulosasiga koʻra, gulli oʻymakor naqshli qoʻl sanʼati mahsuli hisoblangan ushbu eshiklar Buxoro va Xorazmlik ustalar tomonidan “ubaydiy” uslubida XIX asrda yaratilgan boʻlib, ularni respublikamiz hududidan olib ketish man etiladi.

    Hozirda ushbu madaniy meros Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyiga topshirilgan boʻlib, aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.