2023-yil 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo oʻyinlari bahslari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari joriy yil sentyabr oyida boʻlib oʻtishi belgilangandi. Biroq koronavirusning yangi toʻlqini sabab 6-may kuni Toshkentda oʻtgan OOK Ijroiya qoʻmitasining 77-yigʻilishida musobaqa boshqa muddatga koʻchirilishi eʼlon qilingan edi.