Demak, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika hududlarida aloqa sifati bo'yicha monitoring kuzatuvlari davom etadi. Navbat Qashqadaryoga.

Qarshi shahri

Viloyat markazi bo'lgani uchunmi, Qarshida aloqa sifati nisbatan muammolardan nisbatan xoli. Ammo 6 mahallada UZMOBILE va 8 mahallada MOBIUZ ga aloqa chiqmasligi ko'ringan.

Kitob tumani

eng qoniqarsiz natija UCELLga to'g'ri kelib, 59 mahalladan 22 tasida aloqa umuman yo'qligi ko'ringan. BEELINEda esa bu ko'rsatkich 59ga 12ni tashkil etgan. Agar siz PERFECTUM aloqa operatori mijozi bo'lsangiz, Kitob tog'larini bemalol kezishingiz mumkin.

YAkkabog' tumani

YAkkabog'dagi 60 mahallaning hammasida hamma kompaniyaga aloqa bor. Ammo aloqa nisbatan sifatsiz ishlaydigan hududlar ham bor. Bu reytingda PERFECTUM kompaniyasi etakchi, bor-yo'g'i to'rt hududda aloqa nisbatan qoniqarsiz. UZMOBILE 8 mahallada, MOBIUZ 9 ta, BEELINE 10 ta mahallada ozgina qiynalib ishlaydi. UCELLda bu ko'rsatkich 40 tani tashkil qilgan.

Muborak tumani

Tuman hududidagi «YAshnobod» MFYda faqat PERFECTUM ishlarkan, lekin 25 mahalladan to'qqiztasida umuman aloqa mavjud emas unga. «Sardoba» MFYda UZMOBILE va MOBIUZ ishlaydi. UCELL bor-yo'g'i ikki mahallada ishlamagan. UZMOBILE va BEELINE 3 tadan mahallada, MOBIUZ 5 ta mahallada qiynalib ishlaydi.

Nishon tumani

PERFECTUMni nishondagi natija bilan tabriklaymiz. 36 mahalladan birortasida nomiga bo'lsa ham ishlamas ekan. UZMOBILE da esa yaxshi natija deyarli barcha hududda a'lo darajada ishlab turibdi. Qolgan kompaniyalarning barchasida ayrim hududlar bilan muammolar bor.

G'uzor tumani

G'uzorda aloqa sifati jihatdan alohida ajralib turgan kompaniya yo'q.

BEELINEda 6 ta vaUCELLda 7 ta mahallada aloqaga chiqish imkoni yo'q. Qolgan kompaniyalarda ham shunday hududlar bir nechtadan uchraydi.

Mirishkor tumani

PERFECTUM mirishkorliklar bilan yaxshi munosabat o'rnatgan ko'rinadi, birorta ham hududda aloqa bo'yicha muammo ko'rinmagan. Qolgan kompaniyalar ham yarim qoniqarsiz natijalarni aytmaganda barcha hududlarda ishlab turibdi.

Koson tumani

Kosonda barcha aloqa operatorlari 100 foiz ishlaydi. Faqat MOBIUZ bundan mustasno. Bu operator birorta hududda ishlamas ekan, yana bir antirekord. Ishlamaydi. 12 ta mahallada UCELL ozroq muammo qilarkan, xolos. PERFECTUMda bu ko'rsatkich 9 ta.

Kasbi tumani

UZMOBILE va UCELL tumanning 50 foizdan ortiq hududida qoniqarsiz ishlaydi. MOBIUZ va PERFECTUM ham undan qolishmaydi sifatsiz aloqa borasida. eng yaxshi natija BEELINE da bo'lib turibdi.

Qarshi tumani

Qarshi tumanining 70 foiz hududida MOBIUZ va BEELINE umuman ishlamasligi ma'lum bo'ldi. UZMOBILE da ayrim muammolar bor. UCELL va PERFECTUM deyarli barcha hududda ko'ngildagidek ishlab turibdi.

CHiroqchi tumani

CHiroqchida ko'ngildagidek ishlaydigan biror aloqa operatori yo'q, shekilli. YO umuman ishlamaydi, yoki sifatsiz ishlaydi. UZMOBILE dagina sifatli aloqa tumanning 50 foiz hududida ta'minlangan. Ijobiy natijaning keyingi o'rinida BEELINE turibdi. eng yomon natija PERFECTUMga tegishli: 86 tumanning 50tasida umuman ishlamaydi, 36 tasida yomon ishlaydi.

Qamashi tumani

MOBIUZ butun tuman bo'ylab bittagina tumanda yaxshi ishlashi ko'ringan. 59 mahallaning 40 tasida umuman ishlamaydi. Qolgan kompaniyalarning ham ishlashida yaxshisidan yomoni ko'p.

SHahrisabz tumani

UZMOBILE va UCELL tumandagi barcha hududda ishlab turibdi, lekin 40 foizdan oshiq hududda sifatsiz xizmat ko'rsatar ekan. BEELINE esa 57 mahallaning bor-yo'g'i 3 tasida ko'ngildagidek ishlaydi. eng yaxshi aloqa PERFECTUMga tegishli.

SHahrisabz shahri

Ko'hna Keshda eng yaxshi aloqa PERFECTUMga tegishli. SHaharning 40 foizdan oshiq mahallasida UZMOBILE va MOBIUZ umuman ishlamas ekan. BEELINE ijobiy ishlashi bo'yicha ikkinchi o'rindaligini ko'rish mumkin.

SHunday qilib, Qashqadaryo viloyatining jami 724 mahallasi monitoring qilinganida UZMOBILE 6 foiz, MOBIUZ 23 foiz, BEELINE 16 foiz, UCELL 7 foiz, PERFECTUM 18 foiz hududda umuman ishlamasligi ayon bo'lgan.

Aziza Xo'jakeldieva,

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi