Qashqadaryo viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qoʻyildi.

Markaz tomonidan Qarshi shahrida joylashgan savdo doʻkonida “Apple” brendidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanayotganlik holati aniqlandi.

Mazkur holatda tovar belgisidan huquq egasidan hech qanday ruxsat olmasdan va litsenziya shartnomasi tuzmasdan foydalanilgani uchun huquqbuzarga taqdimnoma kiritildi. Natijada oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqargan tadbirkorlik subyekti savdo doʻkoni peshtoqidan “Apple” xizmat koʻrsatish belgisini olib tashladi.