Huquq egasi Buxoro shahrida joylashgan savdo obyekti peshlavhasida tadbirkor tomonidan “Mashhura” XKga tegishli bo'lgan xizmat ko'rsatish belgisidan ruxsatsiz hamda iste'molchini adashtirib yuborish darajasida foydalanib kelayotgani to'g'risida murojaat qilgan. Bu haqida Intellektual mulk agentligi xabar bermoqda.
“Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida”gi qonunga binoan, tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish, deb e'tirof etiladi.
Mutasaddilar jarayonni o'rganib, xulosasini berdi. Murojaat asosida noqonuniy tarzda foydalanilayotgan xizmat ko'rsatish belgisi tadbirkor tomonidan boshqa nomga almashtirildi.