Xlorella yashil suv o‘ti asosida preparat ishlab chiqildi

    Fan 25 Iyun 2021 7450

    O‘zR FA Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan xlorella yashil suv o‘ti asosida yangi preparat ishlab chiqildi.

    Xlorella yashil suv oʻti asosida yaratilgan preparatdan baliqchilikda, chorvachilikda, parrandachilikda ozuqa sifatida hamda oʻsimlikshunoslikda ekinlarni oʻstirish maqsadida organik oʻgʻit-biostimulyator sifatida, hatto tibbiyot sohasida ham ishlatish mumkin ekanligi aniqlandi.

    Bir hujayrali xlorella (Chlorella vulgaris) yashil suv oʻtining biomassasi tarkibida 62% oqsil, 30% uglevod, 5% yogʻ va koʻplab mineral tuzlar hamda vitaminlar borligi isbotlangan. Baliqchilik xoʻjaliklarida xlorella suspenziyasidan foydalanish, ularning oziq-ovqat bazasini sezilarli darajada mustahkamlashga yordam beradi. Baliqning immunitetini oshiradi, kasallanishini keskin kamaytiradi.

    Bundan tashqari, suvning bakterial ifloslanishini, zooplanktonlarning rivojlanishini tezlashtiradi. Oʻz navbatida bu ham baliqlarni sogʻlom rivojlanishiga olib keladi.

    Yaratilgan preparat chorva mollari ozuqa yemiga qoʻshib berilganda goʻsht uchun boqiladigan buqalarda goʻshtning sifati yaxshilanib, vazni ortadi, sut yoʻnalishidagi sigirlarda sutning miqdori ortadi. Qishloq-xoʻjalik ekinlarni oʻstirishda biologik oʻgʻit va biostimulyator sifatida ishlatiladi.

    Bunda asosan oʻsimliklarning urugʻini ivitib ekishda, ildiz tizimi orqali sharbat sifatida va gullash davrida bargiga preparatdan suspenziya koʻrinishida purkash orqali oziqlantirish taklif qilingan. Shuningdek, oʻsimlik poyalari baquvvat, ildizlari mutahkam, stress holatiga chidamli boʻlib rivojlanadi va natijada hosildorlik oshadi.