Qayd etilganidek, Oʻzbekiston va XMT oʻrtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib boryapti. Bunga joriy yil aprel oyida mamlakatimizda XMTning toʻlaqonli vakolatxonasi ochilgani yorqin misoldir.

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari mamlakatimiz rahbariyati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ijtimoiy, huquqiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Oʻzbekistonda migratsiya masalalariga ham milliy, ham xalqaro miqyosda katta ahamiyat berilayotgani alohida taʼkidlandi.

Qoʻshma mintaqaviy va milliy loyihalarni, jumladan, “2021-2023-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi va XMT oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi” doirasida turli loyihalarni roʻyobga chiqarish orqali oʻzaro aloqalarni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
.