Unda Davaktiv agentligining inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi masʼullari va “Expertise France” agentligi bosh menejeri ishtirok etdi.
Muloqotda inson resurslarini boshqarish siyosati sohasidagi hamkorlikning yoʻnalishlari belgilab olindi, jumladan:
- Agentlik xodimlarining malakasini oshirish;
- xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
- Agentlik xodimlari samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.
Bugungi kunda Davaktiv agentligi xodimlari uchun Fransiya taraqqiyot agentligi ekspertlari tomonidan korporativ boshqaruv, xususiylashtirish va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish yoʻnalishlarida seminarlar oʻtkazilgan.
Uchrashuv yakuni boʻyicha tomonlar belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam muloqot qilishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.