Bundan tashqari, yaqinda grippdan emlash davri boshlanadi. Ushbu xarajatlar boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladimi?

COVID-19 uchun xarajatlar

Xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.

COVID-19 tarqalishiga qarshi majburiy gigiyenik talablar belgilangan. Ular tashkiliy-huquqiy, mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham taalluqlidir.

Masalan, ushbu qoidalar bilan niqoblar, qoʻlqoplar, antiseptiklar, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish nazarda tutilgan. Shuningdek dastlabki (ishga qoʻyishdan oldin) hamda davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. COVID-19 ga testlar ham pandemiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar sirasiga kiradi.

Korxonaning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun xarajatlari qonun hujjatlari qoidalaridan kelib chiqadi, ular xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan, shu sababli:

  • ularga xodimlarning daromadlari sifatida qaralmasligi hamda JSHDS va ijtimoiy soliq solinmasligi kerak;
  • ular iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar boʻlib, foyda soligʻini hisoblash chogʻida chegiriladi.

Bunday xarajatlar boʻyicha QQS barcha shartlarga muvofiq kelganda hisobga olinishi mumkin.

Aylanmadan olinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda xarajatlar hisobga olinmaydi.

Emlash

Kuzgi davrda koʻpgina korxonalar xodimlari va ularning qarindoshlarini gripp va boshqa infeksiyalardan emlash haqini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar.

Tibbiy xizmat koʻrsatish, uning doirasida oʻz xodimlarini hamda ularning bolalarini emlatish uchun sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan shartnoma tuzgan boʻlsangiz, JSHDS boʻyicha imtiyozdan foydalanishga haqlisiz.

Vaksinalarni xarid qilib, ularni keyinchalik xodimlarga mustaqil emlanishlari uchun tarqatgan boʻlsangiz, JSHDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun hujjatli asosga ega boʻlmaysiz.

Dori vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

Ish beruvchining emlash uchun sarflagan xarajatlari xodimlarning moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiradi, shu sababli:

  • ularga ijtimoiy soliq solinmaydi;
  • ular foyda soligʻini hisoblash chogʻida chegirilmaydi.

Oleg SOY,

“Norma” eksperti.