Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan fuqarolar Abdunazarova Dilfuzaxon Ma'murjon qizi, Komilov Abdimanob Bahromovich, Qurbonov Muhammadjon Rasuljon o'g'li, Djo'raev Dilshodjon Abdunabievich va ergashev Ro'zalilarning oylik ish haqlari to'lanmayotganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati o'rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, D. Abdunazarova, A. Komilov, M. Qurbonov, D. Djo'raev, R. ergashev va boshqalarning tuman fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashidagi ish faoliyatida 2020 yil yanvar`-may oylari uchun hisoblangan oylik ish haqlari to'liq to'lab berilmagan.
Adliya bo'limi tomonidan Uchko'prik tumani fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga qonun hujjatlari ijrosining buzilishlari, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida kiritilgan taqdimnoma natijasida xodimlarning 12.854.000 so'mlik oylik ish haqlari to'lab berildi.
Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga tuman fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi xodimlari manfaatlarini ko'zlab kiritilgan arizaga asosan, sudning buyrug'i chiqarilib, xodimlarga 12.623.000 so'mlik oylik ish haqlari undirildi.
Natijada Uchko'prik tumani fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi xodimlarining jami 25.477.000 so'mlik ish haqlari undirilib, xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi. Unutmang, inson huquqlarini himoya qilish adliya organlarining ustuvor vazifasidir.
Fayzullo MAMAJONOV,
Uchko'prik tumani adliya bo'limi
mas'ul xodimi