Majburiy ijro byurosining xabar berishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 26.07.2022-yildagi qaroriga asosan qarzdor Sanitariya Epidemiologik Osoyishtalik va jamoat salomatligi Fargʻona viloyati boshqarmasidan daʼvogarlar Gʻ.A., X.N., M.Sh va M.A. foydasiga jami 50.0 mln. soʻm ish xaqqi undirish xaqidagi ijro hujjati byuroning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan ijroga qaratilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor sud qarorini ijrosini taʼminlash chorasini koʻrmagach, byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 19.12.2022-yil kuni qarzdordan 50 mln. soʻm ishchilarning oylik ish haqlari undirilib, ushbu kuni 4 nafar undiruvchi ishchilarning bank plastik kartalariga oʻtkazib berilishi taʼminlandi va 4 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi.