"Mehnat Kodeksning 154-moddasiga asosan, ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shart, deb yozmoqda viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi N. Ismailov. – Shuningdek, Mehnat kodeksining 161-moddasiga binoan, mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan".
Monitoring natijasiga ko‘ra, Adliya boshqarmasi tomonidan korxonada ishlovchi xodimlarning oylik ish haqilarini to‘lash choralarini ko‘rish yuzasidan “Toza hudud” DUKga nisbatan kiritilgan taqdimnomaga asosan, oylik ish haqilari xodimlarga to‘liq undirib berilishiga erishildi.