баннер
27 Mar 2025
09:25

    Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi belgilandi

    «Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida«gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

    Mazkur Nizom aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar boshqaruv organlarining yigʻilishlarida ishtirokchilar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibini belgilaydi.

    Nizomga koʻra, jamiyat tomonidan ishtirokchilarga yuboriladigan yigʻilishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi, shuningdek quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

    • yigʻilishda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish amalga oshiriladigan platformaning nomi va unga kirish uchun havola;
    • platformada identifikatsiyadan oʻtish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlar;
    • platformadan foydalanishni taʼminlovchi texnik xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqamlari.

    Ishtirokchilar platformaning videokonferensaloqa rejimi orqali yigʻilishda ishtirok etadilar.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech