Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-son qarori bunday xizmatlar koʻrsatilishi uchun asos hisoblanadi.
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish” xizmati yuridik shaxslarga koʻrsatiladi va ERI boʻlishi talab etilmaydi.
Xizmat ariza beruvchi – yuridik shaxslarga xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik olish uchun ariza taqdim etish imkoniyatini yaratib beradi.
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish” xizmati ERI mavjud boʻlganda yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladi.
Ushbu xizmat ariza beruvchi – yuridik va jismoniy shaxslarga aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni amalga oshirishga monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining ruxsatini olish uchun elektron shaklda ariza taqdim etish imkonini beradi.
Xizmatni olish uchun moliyaviy hisobot, shaxslar guruhi tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek shaxslarning ushbu guruhlarga kirishi uchun asos taqdim etilishi lozim.
Soʻralgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu xizmatlar koʻrsatilishi rad etiladi.