Xoʻjaobod togʻlarida 45 metrlik osma koʻprik qurilmoqda

    Turizm maskanlariga boy boʻlgan Xoʻjaobod tumani togʻlarida 45 metr balandlikda boʻlgan osma koʻprik qurilmoqda.

    Viloyat hokimi tashabbusi bilan turizm qishlogʻi maqomini olgan, “Imom ota” ziyoratgohi va koʻplab turistik maskanlar mavjud boʻlgan bu hududda bir qancha yangi oʻzgarishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Ulardan biri boʻlgan 300 metr uzunlikdagi mazkur koʻprik qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

    Koʻprik turistik maskanlardan biriga tegishli boʻlib, “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtni oʻzida jami 40 nafar sayohatchilar foydalanishi mumkin boʻladi.

    Xoʻjaobodda bu kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirish harakatlari davom etmoqda.