Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjayli tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.M.” va “N.S.” MCHJlarning sobiq rahbarlari oldindan til biriktirib, “K.M.” MCHJning 51,9 foiz ulushi “L.F.” MCHJga tegishli boʻlishiga qaramasdan, MCHJning umumiy qiymati 991,7 mln soʻmlik ishlab chiqarish sexi va qoʻshimcha imoratlarini soxta yigʻilish bayonnomasini rasmiylashtirib, qalbaki hujjatlar orqali firibgarlik yoʻli bilan fuqaro S.S.ning nomiga oʻtkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.