Xolmoʻmin Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Xolmoʻmin Yodgorovni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

    Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 11-avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini saylash masalasi koʻrib chiqildi.

    Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Xolmoʻmin Yodgorovni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

    Eslatib oʻtamiz, U 2020-yil 10-avgustdan beri Sudyalar oliy kengashiga raislik qilib keladi. Masʼul vakolat muddati tugagani sabab qayta saylandi.