Oʻrta Chirchiq tumani “Yangiyoʻl” mahallasida yashovchi tadbirkor Shuhrat Allamov 18 sotixli, zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan issiqxonada bundan bir oy oldin Turkiyaning “Davr” navli bodringini ekkan edi.

Hozirda issiqxonada 5000 tup bodring va kabachki parvarishlanmoqda. Bir tupida 27-28 ta hosili boʻlgan bu serhosil bodringning bozori chaqqon. Mamlakatimizning ichki bozorlariga, jumladan, tumanimiz, shahrimiz bozorlariga olib chiqilayotgan bodringlarning bahosi 7-10 ming soʻmgacha, kabachkilar esa 13-14 ming soʻmdan sotilmoqda. Quvonchli tomoni, oddiygina mahalla xonadonining issiqxonasida yetishtirilayotgan mahsulotlarni bugungi kunda Turkiyaga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Chunki issiqxonadagi barakali xirmonlar choʻgʻi kabachkining oʻzidan 18-20 tonna sifatli hosil olinishidan darak bermoqda.

“Yangiyoʻl” mahallasi ahli tomorqalaridan ana shunday oʻrnida va unumli foydalanmoqdalar.

Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri