Xonanda Dilmurod Daliyev o'zi bilan birga yashab yurgan 31 yoshli ayolni nima sababdan o'ldirgani ochiqlandi

    Kelishmovchilik xonandaning shariy nikohida bo'lgan ayoli bilan farzandlarini shifoxonaga olib borish ustida bo'lgan.

    Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, oilaviy janjal oqibatida xonanda oshxona pichog'i bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Mazkur qotillik bo'yicha bugun Rishton tumanida matbuot anjumani bo'lib o'tgan.

    Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, kelishmovchilik xonandaning shariy nikohida bo'lmagan ayoli bilan farzandlarini shifoxonaga olib borish ustida bo'lgan.

    Tortishish jarayonida marhuma xonandaning shaxsiyatiga og'ir botadigan gap gapirvorgani, janjal kattalashib ketgach, oshxona pichog'ini olib, ayolning bir necha joyiga tan jarohati etkazilgani ma'lum qilindi.

    Natijada marhum olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

    Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.