Jarayonda “Bolalar shaharchasi”ning sobiq 36 nafar bitiruvchisi uy-joylar bilan ta'minlanmoqda, deb yozdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Xonobod shaharning Mustaqillik mahallasi hududida ham tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun barcha sharoitlarga ega, 2-3 xonali uylar qurilib, 7 nafar yoshlarga tantanali topshirildi. Ushbu tantanali tadbirda viloyat hokimining o'rinbosari O'.Shukurov Qo'rg'ontepa, Jalaquduq va Andijon tumanlaridagi 7 nafar bolaga yangi xonadonlar muborak bo'lishini tiladi. Ularga yurt ravnaqiga munosib hissa qo'shadigan insonlar bo'lib kamol topishlariga tilak bildirdi.