Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali 3 000 AQSH dollari evaziga 100 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratib berishini aytib, shundan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.