Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanovga mukofotga qoʻshimcha ravishda IT yoʻnalishidagi “Coursera” platformasida bepul oʻqish uchun 500 ta litsenziyani topshirdi.

Shuningdek, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Loyihaning eng faol universiteti” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi.